Har bir o’quvchimizning nafaqat bilimi, balki sog’ligi, va intellektual rivojlanishi uchun qayg’uramiz.

Maktabimiz, yosh avlodga sifatli bilim berish uchun eng yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan.

O’qituvchilarimiz jamoasi kuchli bilim va malakaga ega yosh pedagoglardan tashkil topgan.

Faqatgina bizning maktabda farzandingiz kosmonaft bo’lish orzusini amalga oshira oladi.

Maktabimizga xush kelibsiz!

Olimjon To'ychiyev- maktab direktori

Assalomu alaykum. Sizni maktabimiz websaytida ko’rib turganimdan mamnunman.

Maktabimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan. 

Bizning maktab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida hisoblanadi va matematika, fizika hamda astronomiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda o’qitadi.

Sizni maktabimizda kutib qolamiz!

Faxrlanamiz

Maktabimizga prezident tashrifi

Yangi O'zbekistonning yangi maktabi

Ushbu tugmani bosing va maktabimiz faoliyati, biz erishgan yutuqlar hamda o’quvchilarimizning natijalari haqida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ling.