O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shaharlarda “Jadidlar izidan” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Bu yil Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ikkita yirik yangi loyihaga qo‘l urildi. Ulardan biri “Turon” maktab teatri bo‘lsa, ikkinchisi “Jadidlar izidan” respublika tanlovlaridir.

“Jadidlar izidan” tanlovi buyuk jadid alloma, adib hamda mutafakkirlarning boy merosini keng targ‘ib qilish va o‘rganish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida joriy etildi.

utsrus.com
Реклама
ГК «ЕТС» — поставщик химического сырья

Tanlov orqali o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli bolalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tajriba-sinov tariqasida 208 ta tuman-shaharlarda “Jadidlar izidan” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu to‘garaklar 72 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv dasturda belgilangan mavzular asosida to‘garak rahbari tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.

O‘quv dasturida tanlovda keltirilgan jadid namoyondalari – G‘ulom Zafariy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Is’hoqxonto‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiylarning hayoti va ijodi keng o‘rganiladi. Bir so‘z bilan aytganda, to‘garak a’zolari ham ma’naviy olamini boyitadi, ham tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga zamin yaratadi.