Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Zakovat o’yinlari davom etmoqda.

Bugun Zakovat o’yinining 2-tur 2-bosqichi bo’lib o’tdi. Bunda to’qqizinchi va o’ninchi sinf o’quvchilari faol qatnashishdi hamda 10-”A” sinf o’quvchilaridan tuzilgan ”Dominants” jamoasi o’zining bilimdonligini isbotlab hammadan ko’p savollarga javob berdi va g’oliblikni qo’lga kiritdi.

O’quvchilarimiz yanada faol bo’lishlari va bundanda katta yutuqlarga erishishlarini kutib qolamiz.