Xotira va qadrlash kuni!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 9-may ”Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbir boshida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylar kengashi doimiy a’zosi polkovnik Shuxrat Usmonov so’zga chiqib, o’quvchilarga o’zining iliq bayram tabrigini ulashdi.

Tadbir davomida o’quvchilar o’zlari yod olgan she’rlarini aytib, sahna ko’rinishlarini ham yig’ilganlarga namoyish etishdi.

Bayram ko’tarinki ruhda va barcha uchun unutilmas tarzda o’tkazildi.