Vazir o'rinbosari bilan uchrashuv

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga bugun Oliy va o’rta ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo’yicha o’rinbosari R.R.Hakimov va Elektron ta’lim markazi direktori A.I.Abdullayev tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad maktabdagi yuqori sinf o’quvchilariga O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdan iborat bo’ldi. Xususan maktabimizning bitiruvchi siznf o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan aniq javoblar olishdi.

Uchrashuv qiziqarli savollarga foydali javoblar olish shaklida o’tdi.