Tojmot o'yini haqida bilarmidingiz?

Tojmot o’yini 2012-yil Monolit Toshmatov tomonidan yaratilgan bo’lib, ko’p tomondan Shaxmat o’yiniga o’xshasa-da, Tojmotdagi figuralar, o’yin uslublari Shaxmatdan ancha farq qiladi.

Ushbu o’yin bolalarning mantiqiy fikrlashini yaxshilaydi. Aniq fanlarni o’rganuvchi yoshlar uchun, ayniqsa, foydasi kattadir. Shu sababdan Mirzo Ulug’bek maktabida direktor Olimjon To’ychiyevning tashabbusi bilan Tojmot federatsiyasi raisi Monolit Toshmatov o’quvchilarga Tojmot to’garagini o’tib kelmoqda.

Ushbu lavhani tomosha qilib, Tojmot o’yini haqida qisqacha ma’lumot olishingiz mumkin.