Ted-ed al-Xorazmiyning navbatdagi sessiyasi Mirzo Ulug'bek maktabida bo'ldi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Ted-ed al-Xorazmiyning navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Mirzo Ulug’bek maktabi xodimlari Sessiya ishtirokchilarini iliq kutib olib, tadbir boshlangunga qadar maktab bo’ylab qisqa ekskursiya tashkil etishdi. Mehmonlar maktabda tashkil etilgan muzey, robototexnika xonasi, Tojmot o’yini va astronomiya xonalarida bo’lib maktab sharoitlari bilan tanishib chiqishdi.

O’z dasturlari davomida har bir ishtirokchi o’z mavzusi bo’yicha prezentatsiyalar namoyish etib, unda ko’plab qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tishdi.

Sessiya ko’tarinki ruhda qizg’in munozaralar shaklida o’tdi.