Tarix fani o'qituvchisi D.Suleymanovaning maqolasi Rossiya jurnalida chop etildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi tarix fani o’qituvchisi D.Suleymanovaning maqolasi Rossiya jurnalida chop etildi.

Udmurt davlat universitetining Ijtimoiy aloqalarning dolzarb o’zgarishlari: O’tmish va hozir (Актуальные тенденции социальных коммуникаций: История и современность) nomli jurnalida o’qituvchimizning ”O’zbekiston va Rossiya tarmoq maydonidagi tarixiy xotira” mavzusidagi maqolasi nashr etildi.

Ushbu maqolada O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi ijtimoiy va ilmiy aloqalar, xususan, Edmurt universiteti va Mirzo Ulug’bek maktabi o’rtasida yo’lga qo’yilgan ilmiy aloqalarda internet tarmog’ining tutgan o’rni haqida so’z boradi.

Maqola bilan yaqindan tanishib chiqmoqchi bo’lganlar diqqatiga! Maqola ushbu jurnalning 299-betidan boshlanadi.