KO'P BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi murojaatlar botiga ko’p yo’llanayotgan savollarga mutaxasislardan javoblar.

❓1. Mirzo Ulug’bek maktabi qaysi fanlarga ixtisoslashtirilgan?

✉️ Javob: Mirzo Ulug’bek maktabi fizika, matematika, informatika va astronomiya fanlariga ixtisoslashtirilgan.

❓2. Maktabga nechinchi sinfdan o’quvchilar qabul qilinadi?

✉️ Javob: 2022-2023-o’quv yilidan 6-sinfni bitirayotgan o’quvchilar hujjat topshira olishadi.

❓3. Mirzo Ulug’bek maktabi qayerda joylashgan?

✉️ Javob: Mirzo Ulug’bek maktabi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 1-tor ko’cha, 9-binoda joylashgan.


❓ 4. Mirzo Ulug’bek maktabiga o’qishga topshirish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

✉️ Javob: 2022-2023-yilgi qabul nizomi hali tasdiqlanmadi tasdiqlanishi bilan kanalimizda qabulga doir barcha ma’lumotlarni e’lon qilamiz.

❓ 5. Mirzo Ulug’bek maktabiga o’qishga topshirmoqchi bo’lgan o’quvchilar qaysi fanlardan imtihon topshirishadi?

✉️ Javob: O’quvchilar 1. Matematika, 2. Fizika, 3. Ingliz tili fanlaridan imtihon topshirishadi.

❓ 6. Mirzo Ulug’bek maktabiga boshqa viloyatlardan ham o’qishga topshirsa bo’ladimi?

✉️ Javob: Ha, topshirsa bo’ladi.

❓ 7. Mirzo Ulug’bek maktabida yotoqxona va oshxona mavjudmi?

✉️ Javob: Mirzo Ulug’bek maktabida 150 o’rinli yotoqxona va 100 o’rinli oshxona mavjud bo’lib, o’quvchilar foydalanishi uchun mutlaqo bepul.

❓ 8. Mirzo Ulug’bek maktabida ta’lim pullikmi?

✉️ Javob: Mirzo Ulug’bek maktabida barchasi bepul.

❗️❗️Diqqat!!! Qabul to’grisida barcha ma’lumotlar kanalimizda e’lon qilinadi bizni kuzatishda davom eting.