SEVARA UMAROVA GONKONGDA O'QIYDI!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-”B” sinf o’quvchisi Sevara Umarova xalqaro UWC dasturida g’olib deb topildi.

Ushbu dasturga dunyoning turli burchaklaridan iqtidorli o’quvchilar tanlab olinadi va ularning o’qishlari uchun tashkilot tomonidan turli miqdordagi grantlar ajratiladi. Sevara Umarova ham tanlovda qatnashdi va Gonkongning Li Po Chun nomli xalqaro maktabida o’qish uchun 90,000$ grant yutib oldi.

O’quvchimiz Sevara Umarovaning o’qishlariga omad tilab qolamiz!