SAIDMUROD ABROROV TANLOV G'OLIBI BO'LDI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-“B” sinf o’quvchisi Saidmurod Abrorov ”Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida g’olib deb topildi va 1 350 000 soʻm mukofot puli bilan rag’batlantirildi.

Saidmurod ushbu tanlovning saralash bosqichida IQ testidan 184 ballni qo’lga kiritib o’zining “Choose and Build” loyixasi bilan qatnashdi. U onlayn platforma yaratgan bo’lib ushbu platforma orqali qurilish sohasini masofaviy tizimga o’tkazish maqsad qilingan.

Saidmurodga omad tilagan holda tanlovning respublika bosqichida ham g’olib bo’lishini kutib qolamiz.