Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-”B” sinf o’quvchisi Saidmurod Abrorov IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib faxrli 7 ballni qo’lga kiritdi.
Saidmurod nafaqat o’tkir zehni va kuchli bilimi, balki liderlik qobilyati ham yuqori yoshlarimizdan bo’lib, u shu kungacha maktab prezidenti vazifasini bajarib kelmoqda. Ushbu faoliyati davomida u ko’plab loyihalarni amalga oshirib kelyapti.
Saidmurod Abrorov o’qishlariga omad tilab, bundanda katta yutuqlarni kutib qolamiz.