Rossiyalik kosmonavt bilan onlayn uchrashuv

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida maktab o’quvchilari va mashxur olim, texnika fanlari doktori, uchuvchi kosmonavt S.V.Petrovich bilan onlayn uchrashuv o’tkazildi.

Kosmonavt bolalarning savollariga javob berganda, uning fanga qiziqishi qanday paydo bo‘lganligi, o‘zbek kosmonavti V.A. Djanibekov bilan do’stligi va boshqa qiziqarli voqealarni gapirib berdi.

Uchrashuv so’nggida o’quvchilar uchuvchini yaqinlashib kelayotgan kosmonavtlar kuni bilan tabriklashdi va uchrashuvni tashkillashtirgan ustozimiz Dilbar Suleymanovaga ham rahmatlar aytishdi.