ROBOTOTEXNIKA TO'GARAGIGA MARHAMAT

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Robototexnika va dasturlash bo’yicha ochiq eshiklar kuni o’tkazildi.

Ushbu ochiq eshiklar kunida maktabimiz 4 ta majoziy ma’nodagi bekatlarga ajratildi.

Birinchi bekatimiz nomi– Spike bo’lib u yerda Lego education Spike yordamida yaratilgan loyihalar tashrif buyurganlarga namoyish etildi.

Ikkinchi bekat nomi– Lego bo’lib Lego education EV3 imkoniyatlari ko’rsatib berildi.

Uchinchi bekatimiz nomi– Arduino bo’lib, unda Arduino Uno platasi yordamida yaratilgan loyihalar tanishtirib o’tildi

To’rtinchi bekatimiz nomi Web Developer bo’lib, bu yerda dasturlash bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Tashrif buyurganlar o’zlarini qiziqtirgan kursga a’zo bo’lishdi.

To’garak faoliyati bilan muntazam xabardor bo’lib borish uchun bu yerga bosing.