"Ochiq eshiklar kuni"ga siz ham tashrif buyurdingizmi?

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bugun ”Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi.

Tadbir boshida tashrif buyurgan ota-onalar faollar zaliga taklif etilib, u yerda maktabimiz haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Mehmon o’quvchi yoshlar esa kichik guruhlarga (Mars, Saturn, Yupiter, Neptun, Merkuriy) ajratilib, maktabimizda tashkillashtirilgan qiziqarli bekatlarga sayohat qilishdi.

Tadbir barcha yig’ilganlar ko’nglida iliq taassurot qoldirdi.