MIRZO ULUG'BEKNING HAQIQIY VORISI!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi Saidmurod Abrorov ”Mirzo Ulug’bek Vorislari” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida ham g’olib deb topildi.

Barchangizga ma’lumki avvalroq Saidmurod Abrorov ”Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining tuman bosqichida g’olib bo’lganini e’lon qilgan edik. Bugun Saidmurod tanlovning Toshkent shahar bosqichida ham g’olib deb topilib, uning loyihasi Toshkent shahridagi eng ilg’or 20 ta loyihalari orasidan o’rin egalladi va Saidmurodga 2,700,000 so’m pul mukofoti berildi.

Eslatib o’tamiz Saidmurod ushbu tanlovda ”Choose and built”  loyihasi bilan qatnashmoqda.

Saidmurod Abrorovga omad tilab, tanlovning republika bosqichida ham g’alaba qozonishini kutib qolamiz.