Mirzo Ulug'bek tavalludining 628 yilligi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk davlat arbobi, falakiyot ilmining sultoni Mirzo Ulug’bek tavalludining 628 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbiriga el suygan shoir va olim Xushboq Rahim tashrif buyurdi. Tadbir davomida o’quvchilar o’zlari tayyorlagan sahna ko’rinishlari va she’rlari bilan qatnashishdi.

Shuningdek, maktabimizning 9-”A” sinf o’quvchisi Xushboqov Qosimbek otasi Farhod Rahimov hamda bobosi ko’magida yozgan ”Ulug’bek-ilm saltanatining sultoni” kitobining taqdimoti ham bo’lib o’tdi. Tadbir so’nggida Xushboq Rahim o’quvchilarga o’zi yozgan kitoblarni sovg’a qildi.

Tadbir ko’tarinki ruhda hammaning yodida qolarli darajada o’tdi.