MINT + ROBOTOTEXNIKA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Robototexnika to’garagi rahbari Bobur Imomov hamda iqtidorli o’quvchilari Gyote institutida mahorat darslari o’tishdi.

Mahorat darslari 6–14 yoshdagi o’quvchilar uchun quyidagi yo’nalishlarda o’tkazildi:

🔹Lego Education Spike Prime darslari, + musobaqa;
🔹Lego Education Mindstorms EV3 dasturlash, + musobaqa;
🔹Calliope mini, Lego Education Mindstorms EV3, + so’nggi o’yin.

Ushbu darslarni tashkillashtirganligi uchun Mirzo Ulug’bek maktabi, Bobur Imomov va maktabimizning eng ilg’or o’quvchilaridan tuzilgan Robototexnika to’garagi jamoasi Gyote instituti rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va turli xildagi esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.