MILLION DOLLORLIK GRANT SOHIBLARI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-“B” sinf o’quvchilari Sultonov Orifjon va Nortojiyeva Gulbahor 1,300,000 dollorlik grant sohibi bo’lishdi.

Sultonov Orifjon Amerikaning 8 ta universiteti va O’zbekistondagi 2 ta universitetdan jami 628,400 dollorlik grant bilan o’qishga qabul qilindi.

Nortojiyeva Gulbahor ham Amerikaning 8 ta universiteti va O’zbekistondagi 2 ta universitet tomonidan 672,000 dollorlik grant bilan o’qishga qabul qilindi.

Orifjon va Gulbahorning o’qishlariga omad tilab, bundanda katta yutuqlarga erishishlarini kutib qolamiz.