Mening Prezidentim – mening faxrim!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilar o’rtasida ”Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida va ”Mening Prezidentim – mening faxrim” nomli ijodiy ishlar tanlovi o’tkazildi.

▶️ Tanlov uch yo’nalishda o’tkazildi:

🔹”Mening Prezidentim – mening faxrim” mavzusida insho va esselar yozish.
🔹”Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” nomli rasmlar chizish.
🔹”Yangi O’zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida maqolalar tanlovi o’tkazildi.

📌 Ijodiy ishlar hakamlar hayati tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilganlari tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun yuboriladi.