
Mirshodjon Rizoqulov
BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-''B'' sinf o'quvchisi Mirshodjon Rizoqulov dunyo reytingida yuqori o'rinlarda turuvchi universitetlarga o'qishga qabul qilindi.
Mirshodjon Rizoqulov quyidagi universitetlarda turli miqdordagi grantlar asosida talaba bo'lish baxtiga sazovor bo'ldi:
The University of Arizona –$88000
University of Tampa –$48000
Xavier university –$100000
Lycoming College –$148000
University of Tasmania – $12000
University at Buffalo, New York – (pending...)
British Management University –$7400
Jami grant miqdori: $40340
Bundan tashqari Mirshodjon SAT imtihonidan 1200 ball va IELTS xalqaro imtihonidan ham yuqori ball olgan.

Orifjon Sultonov
BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-''B'' sinf o'quvchisi Orifjon Sultonov Amerikaning Xavier universitetiga o'qishga qabul qilinib, jami 88000 AQSH dollariga teng grant yutib oldi.
Bundan tashqari Orifjon IELTS xalqaro imtihon tizimidan faxrli 7 ballni qo'lga kiritgan.

Sultonov Javoxir
BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-''B'' sinf o'quvchisi Sultonov Javoxir Fizika fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi nomzodlar o'rtasida o'tkazilgan saralash bosqichida ishtirok etdi.
Javoxir O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, III bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari Javoxir agentlik olimpiadasida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

Xojimurodov Odiljon
BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining11-''B'' sinf o'quvchisi Xojimurodov Odiljon dunyo reytingida yuqori o'rinlarda turuvchi 11 ta Amerika universiteti hamda Toshkentdagi British management universiteti tomonidan turli miqdordagi grantlar bilan o'qishga qabul qilindi.
Quyida universitetlar nomi hamda taqdim etilgan grantlar miqdori bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:
The University of Arizona (88.000$)
South Florida university (24.000$)
Iowa state university (40.000$)
Temple University (20.000$)
Tampa university (48.000$)
Hofstra university (108.000$)
Lycoming College (152.000$)
Florida Southern College (80.000$)
North Central college (120.000$)
British management university (6.500$)
Buffalo University (pending)
Arizona state university (pending)
Jami grant miqdori: 686.500$

Qosimbek Xushboqov
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-''A'' sinf o'quvchisi Qosimbek Xushboqovning kitobi nashrdan chiqarildi.
Qosimbek Xushboqov otasi Farhod Rahimov hamda Mohirbek Neymatovlar bilan birgalikda ''Ulug'bek–ilm saltanatining sultoni'' nomli kitobni yaratishdi. Ushbu kitob Mirzo Ulug'bek va uning zamondosh allomalari olib borgan ilmiy ishlar to'g'risidagi tarixiy bitiklardan iboratdir.