Загрузка Мероприятия

Ochiq eshiklar kuni

Maktabimizda har yili an’anaviy ravishda “Ochiq Eshiklar Kuni” o’tkaziladi. Ushbu kunda maktabimiz bilan tanishishni hohlagan barcha ota – onalar taklif qilinib, turli dastular bilan noana’naviy ravishda maktab haqida taqdimot va sayohat tashkil etiladi.

✅ Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatida ochiq eshiklar kuni va press-tur tashkil etildi.

🔹Unda ota-onalar va ularning farzandlari ham ishtirok etishdi. Maktab haqidagi taqdimot namoyishi bilan boshlangan ochiq eshiklar kuni ota-onalar uchun tayyorlangan psixologik treninga ulanib ketdi.

🔰Maktab faoliyatini keng targ’ib qilish, qabul jarayoni va maktabdagi shart-sharoitlar haqida yig’ilganlarga keng ma’lumot berishga qaratilgan ushbu ochiq eshiklar kuni ota-onalar uchun foydali ma’lumotlarga boy bo’lishi bilan birga o’quvchilar uchun interaktiv o’yinlarlardan ham iborat bo’ldi.