Direktorning Ramazon hayiti tabrigi!

Aziz ustozlar, muhtaram ota-onalar, bilimdon o’quvchilarimiz va barcha katta-yu kichik vatandoshlarim!

Barchangizni mo’min-u musulmonlarning ulug’ bayrami bo’lmish Ramazon hayiti – Iyd Al-Fitr bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ushbu ulug’ kunlarga sog’-salomat yetkazgani, vatanimiz tinch va osuda ekanligi uchun Yaratganga behad shukronalar aytamiz. Aziz o’quvchilarimiz kundan kunga yuqori natijalar ko’rsatib ishonchimizni oqlayotganligi ham Yaratganning inoyatidan deb bilaman.

➖ O’z diniga sodiq, ma’naviyati yuqori va dunyoviy bilimlardan ham kuchli salohiyatga ega yoshlarimiz O’zbekistonimiz taraqqiyotiga o’z hissalarini qoshishiga shubha yo’q.

Muqaddas bayramimiz barchamizga qutlug’ bo’lsin!

🇺🇿 Mirzo Ulug’bek maktabi direktori To’ychiyev Olimjon Alijonovich.