BIZNING SHUNDAY O’QUVCHILARIMIZ BOR!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi Nig’matov Abdusamad IELTS imtihonidan 7 ballni qo’lga kiritdi.

 Abdusamad maktabimizning eng iqtidorli o’quvchilaridan bo’lib, u ko’plab yutuqlarni, shu jumladan, Raqamli avlod-2022 IT oromgohida qatnashib, grafik dizayni yo’nalishi bo’yicha faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritganini ham ma’lum qilgan edik.