Bizning Faxrimiz

BIZNING FAXRIMIZ!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi Xudoyberganov Jayhun Fizika fanidan olimpiadada birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Al-Xorazmiy olimpiadasining shahar bosqichida 8-”A” sinf o’quvchisi X.Jayhun fizika fanidan qatnashdi va faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz Jayhunbek agentlik olimpiadasida ham fizika fanidan qatnashib birinchi o’rinni qo’lga kiritgan edi.

Xudoyberganov Jayhunning o’qishlariga omad tilab, olimpiadaning respublika va xalqaro bosqichlarida ham yuqori natijalar kutib qolamiz.