Birgalikda Turizmni Rivojlantiramiz!

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi T.Mirzayev hamda boshqarma boshlig‘i A.Eshtayevlar tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida vazirlik xodimlari o‘quvchilarga bebaho madaniy merosimiz, chet elliklarning davlatimizga sayohati ortib borayotganligi va turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun qilinayotgan islohotlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berdilar.

Vazirlik xodimlari uchrashuv so’ngida maktab kutubxonasiga ko‘pgina kitoblarni sovg‘a qildilar. Uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.