BESH MILLION SO'MLIK SERTIFIKAT SOHIBI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-”A” sinf o’quvchisi Matchanov Muxammad IT park rahbariyati tomonidan 5 million so’mlik sertifikat bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 29-30-mart kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “WorldSkills Uzbekistan-2022” – Ishchi kasblar bo’yicha 3-Milliy chempionat bo’lib o’tdi. Unda o’quvchimiz M.Muxammad mobil robototexnika bo’yicha qatnashdi va 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

Matchanov Muxammadning o’qishlariga omad tilab, bundanda katta yutuqlarni kutib qolamiz.