8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi, go’zal va latofatli ayol-qizlarimizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaydi.

Maktabimiz direktori O.To’ychiyevning bayram tabrigi:
– Bu bayram o’z nomi bilan bahorning ilk bayramlaridan biri hisoblanadi. Biz hurmatli ustozlarimiz, o’quvchi qizlarimiz va barcha opa-singillarimizni faqat bayram kunlari emas, har kun ardoqlab, qadrlab yurishimiz kerak. Ularning bizga bergan mehri va sadoqati hech qanday boyliklar bilan o’lchab bo’lmas darajadadir.

– Shuning uchun maktabimiz xodimlari nomidan barcha ayollarimizni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.