Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga astrofizika sohasi olimi A.Abdujabbarov tashrif buyurdi.

➖ O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mirzo Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori Abdujabbarov Ahmadjon o’zining bugungi ma’ruzasida astronomik tadqiqotlar hamda Qora tuynuklar borasida ko’plab qiziqarli ma’lumotlarni aytib o’tdi.

Ma’ruza davomida o’quvchilar asosan Qora tuynuklar bo’yicha ko’plab yangi bilimlarni o’rganishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.