Assalom Navro'z!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi (https://t.me/muimiuz)da Navro’z bayrami o’tkazildi.

 ”Assalom Navro’z–yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!”-degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan bayram tadbiri bir necha qiziqarli tanlovlar asosida o’tkazildi.

Tadbir dasturida ”Bahor ne’matlari” ko’rgazmalari negizida ‘Eng yaxshi Navro’z taomlari”, milliy sport o’yinlari va boshqa yo’nalishlar bo’yicha qiziqarli tanlov hamda musobaqalar tashkil etildi.