Aloqa tarixi muzeyiga sayohat

Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari 31.03.2022 kuni Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Sinf rahbari Z.Yakubova hamda tarbiyachi M.Rahimberdiyevlar 8-sinf o’quvchilarini aloqa tarixi bilan tanishtirish maqsadida muzeyga ekskursiya uyushtirishdi. U yerda o’quvchilarga muzey xodimlari aloqa tarixiga oid ko’plab tarixiy ma’lumotlar berib o’tdilar.

Ekskursiyadan o’quvchilar ko’plab yangi bilimlar va katta taassurotlar bilan qaytishdi.