Agentlik olimpiadasi g'oliblari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari agentlik olimpiadasida yuqori o’rinlarni egallashdi.

Fizika fanidan maktabning 8-sinf o’quvchilari Mamaniyozov Abdulloh uchinchi o’rinni, Xudoyberganov Jayhun birinchi o’rinni, 9-sinf o’quvchisi Sodiqov O’rinbek ikkinchi o’rinni, 10-sinf o’quvchisi Sultanov Javoxir hamda 11-sinf o’quvchisi Zikirov Shoxjaxon esa faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritishdi.

Matematika fanidan 10-sinf o’quvchisi Saparboyev Siyovush ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

O’quvchilarimiz bundanda katta natijalarga erishishlarini kutib qolamiz.