ADABIYOT–XALQNING YURAGI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari bugun adiblar xiyobonida ”Adabiyot–xalqning yuragi” shiori ostida tadbir o’tkazishdi.

Atoqli shoir Muhammad Yusuf ijodiga bag’ishlangan ushbu tadbir avvalida o’quvchilarimiz Muhammad Yusuf haykali poyiga gul qo’yishdi. Tadbir davomida o’quvchilar Muhammad Yusuf hayot ijodi, asarlari va yod olgan she’rlarini aytib berishdi.

Tadbir ko’tarinki ruhda go’zal she’r va bahslarga boy o’tdi.

Ushbu videorolikda tadbirdan qisqacha lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.