Qabul boshlandi - >>

Ўзбек

Mirzo Ulugʻbek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga 2019-2020 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha EʼLON. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlimmaktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish yuzasidan 2019-2020 oʻquv yili uchun tanlov eʼlon qiladi.Maktab-internatga Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 7,9,10-sinflariga oʻquvchilar qabul qilinadi.Taʼlim oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi havola orqali onlayn-roʻyxatdan oʻtishlari mumkin: reg.mininnovation.uz Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli, Astronomiya koʻchasi, 33-uyda joylashgan maktab-internat binosida qabul qilinadi.

Hujjatlar joriy yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Tanlov 2019-yil 5-15-avgust kunlari oraligʻida fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- tugʻilganlik haqida guvohnoma;

- 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;

- maktabda oʻqishi haqida maʼlumotnoma;

- fotosurat 6 dona (3,5x4,5 sm).

Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari rangli tasvirda boʻlishi va fayl hajmi 5 Mb dan katta boʻlmasligi lozim.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: +998-94-639-23-62, +998-98-124-77-20

izoh: 

Mirzo Ulugʻbek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga 2019-2020 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha EʼLON

Manzil

Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli, Astronomiya koʻchasi, 33-uy

Elektron manzil: info@muimi.uz

Telefon:+998(99) 840-77-21

© Barcha huquqlar himoyalangan. | Mirzo Ulug`bek Ixtisoslashtirilgan Maktab Internat

Xarita

Calendar

Душ
Сеш
Чор
Пай
Жум
Шан
Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
June 2019