Maktab haqida

Maktab haqida

Maktab (Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati) O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va «astronomiya va aeronavtika» bog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi 3275-son qarori hamda vazirlar mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 935-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Respublikamizning barcha hududlaridan maktab-internatning 7,9,10-sinflariga (har bir sinfga 40 nafardan (20 nafar o‘zbek, 20 nafar rus)) jami 120 nafar iqtidorli o‘quvchilar tanlov (test sinovi va suhbat) asosida qabul qilinadi. Aynan ushbu yilda kirish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘lib, keyingi yillardan esa faqat 7-sinfga qabul amalga oshiriladi. Maktab-internatda umumiy o‘rta ta’lim olish bepul, ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zbek va rus tillarida shuningdek, bosqichma-bosqich ingliz tilida amalga oshiriladi. Har bir sinfda o‘quvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi. O‘quvchilarning yoshini inobatga olgan holda har bir sinf uchun astronomiya, fizika, matematika, informatika va ingliz tili fanlaridan tanlov uchun test savollari murakkablik darajasi davlat ta’lim standartlari doirasida o‘zbek va rus tillarida tayyorlanadi va mahfiyligi ta’minlanadi.

MAQSAD VA VAZIFALAR

1. O'quvchilarni iqtidori va iste'dodini rivojlantirish, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'qitish va tarbiyalash.

2. Ta’limni tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha innovatsion usullar bilan yangicha yondashgan holda tashkil etish

3. Maktab-internatining ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshirish

4. O‘quvchilarni har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish

TANLOVDA ISHTIROK ETUVCHI O‘QUVCHILARGA QO‘YILGAN ASOSIY TALABLAR: 

Fizika, astronomiya va matematika (aniq) fanlariga qiziqishi yuqori hamda dastlabki bilimga ega bo‘lgan(imtihon asosida aniqlanadi)

Bilimlar bellashuvi, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan

O‘zbek va rus tillarini mukammal, xorijiy tilni boshlang‘ich bosqichi va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni bilgan (imtihon asosida aniqlanadi)

O‘QUVCHILARDAN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI:

Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (asli va nusxasi); Baxolar tabelidan ko‘chirma (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan, 6, 8, 9-sinflar uchun); 086 tibbiy hujjat shakli;
           
6 ta 3x4 rasm (oq fonda, maktab formasida)

Tuman, shahar va respublika fan olimpiadalarida xamda turli tanlovlarda erishgan yutuqlari to'g‘risida

  fahriy yorliq yoki guvohnoma

   

 

KIRISH IMTIHONLARI TO‘G’RISIDA MA’LUMOT:

  • Kirish imtixonlari fizika, matematika, informatika, ingliz tilidan o‘tkaziladi
  • Kirish imtixonlari avgust oyida o‘tkaziladi

YARATILGAN SHAROITLAR

Maktab binosini qurilishi 2018 yilda boshlanib 2019 yilda to’liq foydalanishga topshirildi.Maktab jahon standartlariga mos ravishda yangidan qurilgan bo‘lib, unda hududlardan tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun yotoqxona, sinf xonalari laboratoriya jihozlari va sport inventarlar bilan to‘liq ta‘minlangan. o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

TANLOVDA ISHTIROK ETUVCHI O‘QITUVCHILARGA QO‘YILGAN ASOSIY TALABLAR:

1.Oliy ma’lumotli, oliy toifali, istisno tariqasida 1-, 2-toifali, nutqi ravon, o‘ziga talabchan, ijodkor va faol o‘qituvchi, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining professor o‘qituvchisi

2.O‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni, amalda qo‘llanilishi, dars tashkil qilish va o‘tish metodikasini mukammal bilgan

3.Ta’lim-tarbiya jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etish mahoratiga ega, kreativ yondashuvga moyilligi bo‘lgan

4.O‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy tizimini bilgan va samarali tatbiq etish tajribasiga ega bo‘lgan

5.Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishga va kasbiy mahoratini takomillashtirib borishga hohish-istagi bo‘lgan

6.O‘zbek va rus tillarini mukammal, xorijiy tilni boshlang‘ich bosqichi va mustaqil axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni bilgan

 

O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR:

- Vakolatli ta’lim muassasasining nomzod to‘g‘risidagi tavsiyanomasi

- Nomzod to‘g‘risida ma’lumotnoma (ob’ektivka)

- Nomzodning pasporti nusxasi

- Nomzodning tarjimai holi (avtobiografiya)

- Nomzodning harbiylik guvohnomasi nusxasi

- Nomzodning mehnat daftarchasi nusxasi

- Nomzodning ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi nusxasi

- F-86 tibbiyot xulosasi

Xujjatlar 2019 yil 1 iyundan - 20 iyulgacha quyidagi rasmiy web-sayti reg.mininnovation.uz orqali onlayn tarzda (hujjatlar skaner varianti 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 1 Mb dan ortib ketmasligi kerak) yoki qabul@muimi.uz elektron pochtasi orqali rasman qabul qilinadi.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Astronomiya ko‘chasi, 33-uy, 100052;

QO‘SHIMCHA MA’LUMTLAR UCHUN: +998 98 124 77 20, +998 99 840 77 21;

Tanlov 2019 yil avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tanlovning aniq vaqti, joyi tanlov o‘tkazilishidan kamida bir hafta oldin maktab-internatning rasmiy web-sayti www.muimi.uz orqali e’lon qilinadi. Online ro`yhatdan o`tish

Manzil

Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli, Astronomiya koʻchasi, 33-uy

Elektron manzil: info@muimi.uz

Telefon:+998(99) 840-77-21

© Barcha huquqlar himoyalangan. | Mirzo Ulug`bek Ixtisoslashtirilgan Maktab Internat

Xarita

Calendar

Душ
Сеш
Чор
Пай
Жум
Шан
Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 
June 2019