Ichki tartib qoidalar

O’qituvchilarga:

  1. O’qituvchi ayollar uchun toʻq rangdagi yubka, och rangdagi kofta, erkaklar uchun och rangdagi koʻylak va toʻq rangdagi kostyum shim.
  2. Har bir ishchi xodim ishga olinishi jarayonida 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilinadi.
  3. Har bir ishchi xodim maktab ichki tartib qoidalariga amal qilishi shart va zarur. Shungdek, ishga oʻz vaqtida kelishi va ketishi, maʼlum sabablarga koʻra ishga kela olmagan taqdirda maktab maʼmuriyatini ogohlantirgan boʻlishi kerak.

O’quvchilarga:

  1. O’quvchi qizlar uchun oq kofta va toʻq koʻk rangdagi yubka, oʻgʻil bolalar uchun kostyum shim, galstuk, oq koʻylak.
  2. Oʻquvchilar har chorak ohirida monitoring asosida imtihon qilib boriladi va sifat koʻrsatkichi 70 foizdan past koʻrsatkichni olgan oʻquvchining ota-onasiga sinf rahbari ishtirokida maktab maʼmuriyati tomonidan ogohlantirish xati beriladi, shuningdek, yil yakunida oʻquvchi fanlarni oʻzlashtirish foizi belgilangan darajadan past bo’lsa maktab nizomida koʻrsatilgan tartibda maktab-internat oʻquvchilar safidan chetlashtiriladi. Bundan tashqari maktab loyihasi (star loyihasi) yoʻlga qoʻyilgan boʻlib oʻquvchi maktabning ichki tartib qoidalariga rioya qilmagan holatda belgilangan tartibda olgan starlari ayirilib boradi. 
  3. Maktab-internat yotoqxonasida yashovchilar yotoqxona ichki tartib qoidalariga ham qatʼiy rioya qilishlari, maktab-internat mulkidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, koʻz qorachigʻiday asrashlari zarur.